2016 yilda “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 100,6%) ishlab chiqarildi. Sof holda 1,2 mln. tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 944,2 ming tonna azotli o'g'itlar, 143,0 ming tonna fosforli o'g'itlar va 138,0 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2016 yilning 9 oyida «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarda 1,9 miliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi, mahsulot ishlab chiqarish 106,5 foizga o'sdi. Joriy yilning 9 oyida «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarda 994,05 ming tonna mineral o'g'itlar ishlab chiqarildi.
“O'zkimyosanoat” AJ xamda “Ammofos-Maksam” AJ Sizlarni 2016 yil 10 oktyabrda bo'lib o'tadigan “Markaziy Qizilqum fosforitlaridan fosforli o'g'itlar va fosfat tuzlari ishlab chiqarishning resurstejamkor texnologiyalari” I xalqaro konferentsiyasiga taklif etadi.
Kompaniyaning tabrik matni “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston fuqarolarini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 25-yilligi bilan tabriklaydi! Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
Vazirlik va idoralarning tarkibidagi qutqaruv otryadlari, xizmatchi va xarbiy xizmatchilarining favqulodda vaziyatlar vaqtida samarali qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishlari, ularning bu boradagi bilim-ko'nikmalarini oshirish, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi qutqaruvchilar bilan soha yo'nalishi boo'icha o'zaro malaka almashishi uchun Favqulodda vaziyatlada harakat qilish davlat quyi tuzilmalari o'rtasida “Uchkurash” musobaqasiga asos solindi.