"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati 2018 yil 30 iyunda yagona aksiyadorning qarori bilan 2018 yil 1 iyundan boshlab davlat aksiyadorlik jamiyatlarining samaradorligini oshirish va Komissiya yig'ilishining 208 yil 27 apreld agi 24/1-989 sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan, davlat ishtirokidagi korxonalar uchun Korporativ boshqaruv qoidalarining tavsiyalarini bajarish majburiyatini oldi.
2018 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1,16 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 105,1% ni tashkil qildi. Sof holda 375,52 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 283,65 ming tonna azotli, 37,27 ming tonna fosforli va 54,6 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
Mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik korxonasi – “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida uchta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bular “Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish”, “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlarini qurish” va “Azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalaridir.