2017 yil yanvar-sentabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1866,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot hamda 107,3 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi. Sof holda 820,57 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 618,18 ming tonna azotli o'g'itlar, 91,44 ming tonna fosforli o'g'itlar va 110,94 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2017 yil 10 sentyabr kuni “O'zkimyoschanoat” boshqaruvi raisi Abduxashim Abdullaev O'zbekistonga ishchi tashrif buyurgan «China Poly Group» (XXR) kompaniya vitse-prezidenti janob Vang Lin boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. O'tkazilgan uchrashuvda tomonlar tomonidan “O'zkimyosanoat” AJ hamda «China Poly Group» kompaniyasi o'rtasida o'rnatilgan uzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasi yuzasidan fikrlar almashildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning topshirig'iga binoan Toshkent viloyatining “Angren” EIZda qo'rilayotgan rezinotexnika buyumlar zavodida Mustaqillik kunining 26chi yiliga bag'ishlab avtomobil shinalarning birinchi tajriba partiyasi ishlab chiqarildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustda tarmoqni yanada diversifikatsiya qilish maqsadida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi. Unga ko'ra ushbu davr ichida 3,1 mlrd. dollarlik 43 investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.
2017 yilning birinchi yarmida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1155 mlrd. so'mlik tovar mahsulot hamda 61,4 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi. Sof holda 523,7 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 393,48 ming tonna azotli o'g'itlar, 58,48 ming tonna fosforli o'g'itlar va 71,74 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.