O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 iyul kuni Angren shahriga tashrif buyurdi. Toshkent viloyatida kimyo sanoati, neft-kimyo, qora va rangli metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik va metallni qayta ishlash kabi zamonaviy sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan.
2017 yil 7 may kuni “O'zkimyosanoat” konferents-zalida “O'zbekiston-Qozog'iston” do'stlik jamiyatining yangi boshqaruvini saylash bo'yicha tashkiliy yig'ilishi bo'lib o'tdi.
«O'zekspomarkaz»da qishloq va suv xo'jaligi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste'mol tovarlari hamda eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish komplekslarining tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi.
2017 yilning birinchi choragida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 480,1 mlrd. so'mlik tovar mahsulot hamda 26,6 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi.
Milliy matbuot markazida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarining 2016 yildagi faoliyati yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Mamlakatimiz yetakchi iqtisodiy tarmoqlaridan biri sanalgan kimyo sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotiga va uning eksport salohiyatini rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shmoqda. Aksiyadorlikdorlik jamiyatining ishlab chiqarish quvvati O'zbekistonning kimyo mahsulotlariga bo'lgan ichki talabini to'la ta'minlash hamda doimiy asosda ularni eksport qilish imkonini berayotir.