“Maxam-Chirchiq” AJda sodir bo`lgan portlash yuzasidan qo`shimcha ma’lumot

// 04 October 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (915.72 KB)

“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash va yong’in natijasida korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagan. Shu bilan birga atrof muhitga zararli gazlar tarqalmagan. Bu bo`yicha barcha xavfsizlik choralari o`z vaqtida ko`rilgan. Yong’inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Korxonaning barcha boshqa sexlari uzluksiz belgilangan tartibda ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – Energetika vaziri J. Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya a’zolari, O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A. Qo'ldoshev, “O`zkimyosanoat” AJ rahbariyati va mutaxassislari, IIV va boshqa tegishli mutasaddilar tomonidan hodisa sabablari va oqibatlari to`liq o`rganilmoqda.

 

“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati