2015 yilning yanvar-aprel oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 688,1 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan o'sish sur'ati 104,6% tashkil qildi. Ayni paytda 59,9 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi va o'tgan yilning ayni davriga nisbatan o'sish sur'ati 106,3%.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 23 aprelidagi №266-F sonli farmoyishiga asosan 2015 yilning 19-21 may kunlari Toshkent shaxrining AO MKK “O'zekspomarkaz”ida Innovatsion g'oya, texnologiya va loyihalarning VIII Respublika yarmarkasi bo'lib o'tadi. “O'zkimyosanoat” DAK ko'rgazmada korxonalarda o'zlashtirilgan yangi kimyoviy mahsulotlar turlari, so'nggi yillarda o'zlashtirilgan yangi innovatsion mahsulotlarning bukletlari hamda innovatsion ishlanmalarga bo'lgan talablari bilan ishtirok etadi.
Vazirlar Mahkamasining 09.01.2012 yildagi maxsus qaroriga binoan respublika hududlarida jami 13 ta zaharli kimyoviy vositalar va toksik moddalar ko'mish maxsus poligonlar mavjud bo'lib, shundan 11 tasida konservatsiya ishlari olib boriladi va 2 tasida rekonstruktsiya qilish loyihalari amalga oshiriladi (Jizzax viloyatida Forish tumani va Xorazm viloyatida Xazarasp tumanida). Ushbu qarorga asosan konservatsiya qilish bilan bog'liq barcha chora-tadbirlar, jumladan loyiha ishlab chiqish, uni ekspertizadan o'tkazish, tender savdolarini o'tkazish, qurilish – montaj ishlari va qurilish ishlarini nazorat qilib borish bilan bog'liq barcha harajatlar davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtirish amalga oshiriladi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun bugungi kunda davlat byudjeti hisobidan jami 17 mlrd. 500 mln. so'm mablag' ajratildi (shundan 12,0 mlrd. so'm 2015 yilda ajratilgan).
2015 yil 7-may kuni “O'zkimyosanoat” DAK O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda «Mineral o'g'itlarni kimyo korxonalarida ishlab chiqarish, sotish, tarqatish, «Qishloqxo'jalikkimyo» HAJlari omborxonalarida saqlash tartib-qoidalari hamda ularni qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xo'jaliklar dalalariga yetkazib berishda o'g'irlanishi, talon-taroj qilinishi, xonadonlarda noqonuniy saqlanishi hamda chetga olib chiqib ketilishiga qarshi kurash borasidagi profilaktik tadbirlarni to'g'ri tashkil etish chora-tadbirlari » mavzuida seminar-kengash o'tkazishdi.
2015 yil 30 aprelda “O'zkimyosanoat” DAKda kompaniya korxonalari moliya-iqtisodiy, buxgalter hamda axborot-kommuemkatsiya xizmatlarining rahbarlar va mutaxassislariuchun moliya-iqtisodiy vazifalarni innovatsiiya texnologiyalarni yordamida yechish bo'yichaonlayn video-seminar Germaniyaning kompyuter dasturlariniyaratish SAP kompaniyasi ishtirokida tashkil qilindi.