O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo Vazirligi, O'zbekiston savdo-sanoat palatasi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan 2019 yil 18-22 noyabr kunlari “O'zekspomarkaz” MKMda o'tkaziladigan O'zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida “O'zkimyosanoat” AJ ishtirok etadi.
Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida o'tkazilayotgan “China International Import Expo” ko'rgazmasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati o'z eksportbop mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi ishchi organi – Bosh prokuratura tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O'zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korruptsiyaga qarshi kurashish” loyihasi hamkorligida “O'zkimyosanoat” va “O'zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlarida korruptsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida korruptsiyaga qarshi kurashish «komplaens nazorat» (compliance control) tizimini joriy etish bo'yicha ishlar boshlandi.