O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan xorijlik sarmoyadorlar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarini zamonaviy korporativ boshqaruv amaliyoti bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan seminarda Toshkent shahri va viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan bir qator aksiyadorlik jamiyatlari vakillari qatnashdi. Prezidentimiz rahnamoligida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, bo'lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta'minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoit yaratish borasida olib borilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta'kidlandi.
Joriy yil 3 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi N.S.Ibragimov Qirg'iziston Respublikasi Hukumati huzuridagi davlat moddiy rezervlar Jamg'armasi raisi J.K.Jumabekov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish yo'nalishlari hamda o'zaro ahamiyatga ega bo'lgan masalalar muhokama etildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyogarlari nomidan butun O'zbekiston xalqini Yangi 2016 yil bilan muborakbod etib, barchaga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va mustahkam sog'liq tilaydi. Jonajon Vatanimizning gullab-yashnashi yo'lidagi ezgu ishlaringizda hamisha omad yor bo'lsin, aziz hamyurtlar!
Joriy yil 15 dekabrda “kun.uz” internet nashrida joylashtirilgan “O'zbekistonda 500 million dollarlik kimyo zavodi quriladi” deb nomlangan axborotga “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati o'z munosabatini bildirishni lozim deb topdi. Birinchidan, “Uzkimyosanoat” AJ vakillari xabarda keltirilgan “Daniyaning Intex Engineering, Italiyaning Smet Balestra va Finlyandiyaning Outotec kompaniyalari bilan hech qachon, hech qanday muzokaralar olib bormagan.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini ulug' bayram – Konstitutsiya kuni bilan chin dildan qutlaydi! Mehnatsevar, qo'li gul xalqimizning yaratuvchanlik va bunyodkorlik jabhasida erishayotgan yutuqlari tobora ko'payib, yurtimiz kundan-kun chiroy ochaversin! Har bir xonadonga tinchlik va omonlik, baxt-saodat, dasturxonlariga qut-baraka, amalga oshirayotgan xayrli ishlariga omad tilaymiz!