2016 yilning 9 oyida «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarda 1,9 miliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi, mahsulot ishlab chiqarish 106,5 foizga o'sdi. Joriy yilning 9 oyida «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarda 994,05 ming tonna mineral o'g'itlar ishlab chiqarildi.
“O'zkimyosanoat” AJ xamda “Ammofos-Maksam” AJ Sizlarni 2016 yil 10 oktyabrda bo'lib o'tadigan “Markaziy Qizilqum fosforitlaridan fosforli o'g'itlar va fosfat tuzlari ishlab chiqarishning resurstejamkor texnologiyalari” I xalqaro konferentsiyasiga taklif etadi.
Kompaniyaning tabrik matni “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston fuqarolarini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 25-yilligi bilan tabriklaydi! Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
Vazirlik va idoralarning tarkibidagi qutqaruv otryadlari, xizmatchi va xarbiy xizmatchilarining favqulodda vaziyatlar vaqtida samarali qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishlari, ularning bu boradagi bilim-ko'nikmalarini oshirish, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi qutqaruvchilar bilan soha yo'nalishi boo'icha o'zaro malaka almashishi uchun Favqulodda vaziyatlada harakat qilish davlat quyi tuzilmalari o'rtasida “Uchkurash” musobaqasiga asos solindi.