“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyogorlari nomidan butun O'zbekiston xalqini Yangi 2018 yil bilan muborakbod etib, barchaga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va mustahkam sog'liq tilaydi. Jonajon Vatanimizning gullab-yashnashi yo'lidagi ezgu ishlaringizda hamisha omad yor bo'lsin, aziz hamyurtlar!
2017 yil yanvar-sentabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1866,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot hamda 107,3 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi. Sof holda 820,57 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 618,18 ming tonna azotli o'g'itlar, 91,44 ming tonna fosforli o'g'itlar va 110,94 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi. Davlatimiz rahbari 23 noyabr kuni ikki mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakchi ishbilarmonlari ishtirokidagi Janubiy Koreya –O'zbekiston biznes-forumida qatnashdi.
“O'zekspomarkaz”da “Made in Uzbekistan” deb nomlangan mamlakatimiz iqtisodiy soha yutuqlari ko'rgazma-yarmarkasi ish boshladi. Ko'rgazma ochilish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, mahalliy va chet ellik ishbilarmonlar qatnashdi.