2018 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1,16 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 105,1% ni tashkil qildi. Sof holda 375,52 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 283,65 ming tonna azotli, 37,27 ming tonna fosforli va 54,6 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
Mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik korxonasi – “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida uchta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bular “Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish”, “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlarini qurish” va “Azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalaridir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 17 aprel kuni iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitob tizimini takomillashtirish, debitor, kreditor va byudjet oldidagi qarzdorliklarni kamaytirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar tahliliga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlarida nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, to'lov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.