2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 3,3 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 101,6%ni tashkil qildi. Sof holda 975,52 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 708.38 ming tonna azotli, 116,24 ming tonna fosforli va 150,9 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2,5 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 104,1%ni tashkil qildi. Sof holda 694,04 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 780,5 ming tonna azotli, 92,0 ming tonna fosforli va 120,8 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston fuqarolarini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 27-yilligi bilan tabriklaydi! Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari S.Safoev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 21-24 avgust kunlari Frantsiyada bo'ldi. Tarkibida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari A.Abduhakimov, Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasining raisi A.Saidov, madaniyat vaziri o'rinbosari K.Oqilovalar bo'lgan mamlakatimiz delegatsiyasi qator muzokaralar va uchrashuvlarda ishtirok etdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikka oid istiqbolli kelishuvlarga erishildi.