«O'zkimyosanoat» AJ ishlar boshqarmasi jamiyat balansidagi 1995 yilda ishlab chiqarilgan GAZ 33021 rusumli hamda 2007 yilda ishlab chiqarilgan DAEWOO DAMAS rusumli avto transport vositalarini baxolash bo'yicha tanlovni e'lon qiladi.
«Navoiyazot» AJ boshqaruv a'zolarini vakant lavozimlarga nomzodlarni tanlab olish bo'yicha tanlov muddati uzaytirilganligi to'g'risida ma'lum qiladi. 2016 yil 28 martdagi Tanlov komissiyasining yig'ilish qarori asosida «Navoiyazot» AJ boshqaruv a'zolarini vakant lavozimlarga Ishlab chiqarish bo'yicha direktor, Moliya bo'yicha direktor, Marketing, sotish va sotib olish bo'yicha direktori nomzodlariga tanlov 2016 yil 24 aprelgacha muddati uzaytirildi va 2016 yil 25-27 aprel kunlari tanlov natijalari yakunlanadi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati jamoasi jamiyat boshqaruvi raisi o'rinbosari lavozimida uzoq yillar davomida ishlab nafaqaga chiqqan Risqivoy Yaqubovich Yaqubovning bevaqt vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta'ziya bildiradi.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mediatur tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida jurnalistlar O'zbekiston Respublikasi hukumati va Jahon banki guruhining «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» qo'shma loyihasi doirasida energiya samaradorligi yuqori texnologiyalarni joriy etish va energiya tejash jarayonlarini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
2016 yanvar-fevral oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida 2016 yilning yanvar-fevral oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 362,1 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi. Ayni paytda 23.2 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi.