“Oʻzkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati boshligʻi vakant lavozimiga tanlov eʼlon qiladi

// 25 July 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (64.94 KB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati boshligʻi vakant lavozimiga ochiq tanlov eʼlon qiladi. Ochiq tanlovda qatnashish uchun nomzodlardan anketa-rezyume va shaxsiy hujjatlar (diplom nusxasi, pasport nusxasi, mehnat daftarchasi nusxasi va rasm) n.mamedova@uks.uz pochta manzili orqali 2022-yil 25-iyuldan 2022-yil 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

“Oʻzkimyosanoat” AJda nomzodning yuborilgan anketa-rezyumesi ijobiy xulosa uygʻotsa, anketa-rezyumeda koʻrsatilgan telefon raqami yoki elektron pochta manzili orqali bogʻlaniladi.


Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi:

Birinchi bosqich

Nomzodlar yuborgan anketa-rezyumelari va hujjatlar tegishli masʼullar ishtirokida tanlov eʼlon qilingan lavozimning malakaviy va qoʻshimcha lavozim talablariga mos kelishi boʻyicha oʻrganib chiqiladi hamda saralanadi. Vakant lavozimga mos kelgan nomzodlar keyingi bosqich – test sinovlariga taklif etiladi.

Ikkinchi bosqich

Test sinovlarini “Oʻzkimyosanoat” AJning Toshkent shahridagi maʼmuriy binosida oʻtkazish rejalashtirilgan. Test sinovi soha boʻyicha hamda nomzodlarning Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchiligini, moliyaviy nazorat, komplayens nazorat, iqtisodiy va boshqaruv bilimlari, rus va ingliz tillarini bilish darajasini, mantiqiy fikrlash, tarix boʻyicha bilimlarini birlamchi baholash uchun oʻtkaziladi. Test sinovlaridan minimal oʻtish bali – 70 ball. Sinov jarayonlari videotasvirga olinadi.

Uchinchi bosqich

 Test sinovlaridan eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ tegishli masʼullari hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari ishtirokida onlayn shaklda suhbat oʻtkaziladi.


“Oʻzkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati boshligʻi vakant lavozimiga qoʻyiladigan talablar

Vazifalari, funksional majburiyatlari:

  • jamiyat faoliyati, shuningdek, uning huquqni muhofaza qilish amaliyoti uchun qoʻllaniladigan korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari talablarini tahlil qilish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi eng yaxshi amaliyotlarni doimiy tahlil qilish, shu jumladan, milliy va xalqaro tavsiyalar asosida Jamiyat ichki hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
  • jamiyatda korrupsiya xavf-xatarlarini baholash metodologiyasiga muvofiq korrupsion xavf-xatarlarni baholash, Jamiyatning korrupsiya xavf-xatarlari xaritasini tuzish va uni barcha manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilish va muvofiqlashtirishni taʼminlash;
  • sohaga oid materiallarni tayyorlash va Jamiyatning rasmiy veb-saytidagi “Korrupsiyaga qarshi kurash” boʻlimida va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtirish va maʼlumotlarni yangilash ishlarini nazorat qilish;
  • har chorakda Jamiyatning ichki qoidalarga muvofiq xodimlarning ichki tartib- intizomni bajarish holati, korrupsiya xavfi yuqori sohalarda, shu jumladan, bitimlar va toʻlovlar monitoringini nazorat qilish;
  • jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berish va ushbu natijalarni manfaatdor shaxslarga yetkazish, shu jumladan, boshqaruv organlari (Boshqaruv va Kuzatuv kengashi) majlislarida taqdim etish;
  • davlat tomonidan ilgari surilgan korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari doirasida Jamiyatga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini monitoring va nazorat qilish.

Nomzodga qoʻyiladigan talablar:

  • 30 yoshdan 55 yoshgacha boʻlganlarga ustuvorlik beriladi;
  • Iqtisod, moliya, texnika, yurisprudensiya sohasida oliy maʼlumot;
  • Moliya, iqtisod, audit, nazorat taftish, yurisprudensiya va tezkor faoliyat sohalari boʻyicha kamida besh yillik ish tajribasi (tezkor faoliyat sohalarida ishlagan boʻlsa ustunlik beriladi);
  • Moliyaviy nazorat, komplayens nazorat, ishlab chiqarish bilan bogʻliq sohalarda kamchiliklarni tekshirish hamda tekshiruv natijalarini hujjatlashtirish, zamonaviy fikrlash, soha boʻyicha takliflar berish hamda ularni joriy etish;
  • Oʻzbek tilini yozma va ogʻzaki nutq uchun erkin darajada bilishi shart. Rus va ingliz tillarini bilishi maʼqullanadi.
  • Kompyuter savodxonligi, ofis dasturlarini mukammal bilish;

Hamkorlik shartlari:

  • Bandlik shakli: Ofisda/toʻliq bandlik;
  • Ish tartibi (boshlanish vaqti, tugash vaqti, ish xaftasini davomiyligi, dam olish kunlari): 09:00 dan 18:00 gacha. Dushanba-juma.
  • Mehnat qonunchiligi doirasida ish vaqtidan tashqari ishga jalb etilishi mumkin;
  • Sinov muddati 3 oy;
  • Uzoq muddatli xizmat safarlariga tayyorlik.

Qoʻshimcha talablar:

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha sertifikatlarning mavjudligi;
  • Masʼuliyatlilik, vijdonlilik, samaradorlik, tirishqoqlik, stressga chidamlik;
  • Nomzodlar moliya va nazorat idoralarida ishlab chiqarish sohalarida koʻproq ishlagan boʻlishi kerak;
  • Nomzodlarga cheklovlar:
    •  tegishli maʼlumotning yetishmasligi;
    •  tavsiya etilgan lavozimda tajribaning yetishmasligi;
    •  sogʻliqning qoniqarsiz holati (xodimning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soladigan surunkali kasalliklar);
    •  iqtisodiy jinoyatlar bilan bogʻliq sudlanganlik.

Ma’lumotnoma nusxasini yuklab olish