Matbuot markazi

“O'zkimyosanoat” AJ va Isroil ishbilarmon doiralari vakillari o'rtasida videokonferentsiya shaklidagi uchrashuv bo'lib o'tdi

// 23 June 2021 yil

O'zbekiston Respublikasining Isroildagi elchixonasi ko'magida “O'zkimyosanoat” AJ va Isroil ishbilarmon doiralari vakillari o'rtasida videokonferentsiya shaklidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuv Isroil kimyo, farmatsevtika va ekologiya sanoati uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.


Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon

// 23 June 2021 yil

“International hotel Tashkent” mehmonxonasida “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida milliy konferentsiya bo'lib o'tmoqda.


O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 22 iyun sanasidagi savdo yakunlari

// 22 June 2021 yil

Joriy yilning 22 iyun kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 13523 tonna 32832,0 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 21 iyun kuni 34935,4 mln. so'mlik 14389 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.


Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda O'zbekiston hukumati hamkorligida kimyo sanoatini modernizatsiya qilish va o'g'itlar ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha bitim imzolandi

// 21 June 2021 yil

Jahon banki guruhining a'zosi bo'lgan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va O'zbekiston hukumati o'rtasida kimyo sanoatini modernizatsiya qilish va o'g'itlar ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha imzolangan yangi hamkorlik bitimi ushbu sohaga sarmoyalarni jalb qilish va barqaror amaliyotni qabul qilishni rag'batlantirishga qaratilgan.


O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 21 iyun sanasidagi savdo yakunlari

// 21 June 2021 yil

Joriy yilning 21 iyun kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 14389 tonna 34935,4 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. O'tgan hafta bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 18 iyun kuni 41710,1 mln. so'mlik 14190 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.