Talabgor sifatida qatnashuvchi korxona va tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: yuqori riskli va potentsial xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini qurish uchun litsenziyaga ega bo'lishi, tender savdolari qiymatining kamida 20% miqdorida aylanma mablag' yoki bu mablag'larni ta'minlash uchun bank kafolati, ish (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo'lgan ishlab chiqarish bazasi, mehnat resurslari va mutaxassislari, tanlovdagiga o'xshash ob'ektlardagi ish tajribasiga ega bo'lishi, shartnoma imzolash uchun fuqarolik huquqiy imkoniyatlar va vakolatlarga ega bo'lishi shart.
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida Qatardagi Texas A&M universitetining (Texas A&M University Qatar) tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasining dotsenti (Associate professor) Sherzod Madraximov bilan universitet talabalarining uchrashuvi tashkil etildi.
Joriy yilning 5 iyul kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 9765 tonna 19871,4 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. O'tgan hafta bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 2 iyul kuni 19297,0 mln. so'mlik 9206 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Joriy yilning 2 iyul kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 9206 tonna 19297,0 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 1 iyul kuni 16962,1 mln. so'mlik 8432 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
2021 yil 1 iyul kuni soat 19:41da yuqori kuchlanishli 220 kVli “Karakalpakstan-1,2” elektr tarmog'ida elektr energiyasi qisqa muddatli uzilishi ro'y berdi. Buning oqibatida “Qo'ng'irot soda zavodi” MChJ QK 1- va 2-bosqich kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish sexlari to'liq to'xtadi.