Matbuot markazi

Yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

// 11 September 2020 yil

Bugun 11 sentabr kuni “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish yuzasidan 2020-2021 yillarga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.


"O'zbekiston 24" teleradiokanalining "Islohotlar amalda" ko'rsatuvi orqali so'nggi yillarda mamlakatimiz kimyo sanoatida amalga oshirilgan ishlar va yirik investitsiya loyihalari yoritildi.

// 09 September 2020 yil


Bugundan D.I.Mendeleev nomidagi RKTU filiali talabalari onlayn masofaviy ta'limni boshladilar

// 07 September 2020 yil

Bugun 7-sentabr kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamahmudov, Filial direktori S.N.Filatova, universitet va filial xodimlari hamda Toshkent shahridagi filialning 2-kurs talabalari ishtirokida videokonferentsaloqa o'tkazildi.


“O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisining davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi tayinlandi

// 03 September 2020 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga filologiya fanlari nomzodi Ergasheva Shahnoza Obidjonovna tayinlandi.


“Mitsubisi Korporeyshn” va “Mitsubisi Xevi Indastriz” kompaniyalari bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish ishlarini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi

// 31 August 2020 yil

Joriy yilning 31 avgust kuni O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi binosida O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o'rinbosari, “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi v.b. J.Mirzamahmudov ishtirokida videokonferentsaloqa orqali “Mitsubisi Korporeyshn” va “Mitsubisi Xevi Indastriz” kompaniyalari rahbariyatining vakillari bilan muzokaralar o'tkazildi.