Matbuot markazi

Korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish masalalari muhokama etildi

// 08 June 2021 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida tashkilot tizimida yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo'yicha 2020-2021 yillarga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Videokonferentsaloqa tarzida o'tgan tadbirda “O'zkimyosanoat” AJ rahbar-xodimlari, tizimdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari, Komplaens xizmati xodimlari va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.


“Tashkent Polymer Syntez” MChJda tashkil etilgan press-tur tafsilotlari yuzasidan reportaj

// 07 June 2021 yil


“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Tashkent Polymer Syntez” mas'uliyati cheklangan jamiyatida tashkil etilgan press-tur yuzasidan bayonot

// 07 June 2021 yil


“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy bayonoti

// 06 June 2021 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tashkilot tizimidagi “Ammofos-Maksam” AJ faoliyati haqida ijtimoiy tarmoqdagi kanallardan birida korxonada uzoq yillar ishlagan ayollarni hech qanday to'lovlarsiz noqonuniy ravishda ishdan bo'shatilganligi to'g'risidagi xabar haqiqatga to'g'ri kelmasligini ma'lum qiladi. Shuningdek, videoda aks etgan hech bir ishchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan.


Elektr energiya ta'minotidagi uzilish sababli faoliyati vaqtincha to'xtagan “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar faoliyati tiklandi

// 05 June 2021 yil

Joriy yilning 4 iyun kuni soat 22:16da “Talimarjon” IES energobloki avariyaviy holatda to'xtaganligi sababli “O'zkimyosanoat” AJga qarashli “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ob'ektlarida elektr uzilishi kuzatildi. Natijada jamiyatning tog'-kon va qayta ishlash majmualarining asosiy ishlab chiqarish qurilmalari ish faoliyati 5 iyun soat 00:24gacha to'xtab qoldi. Bundan tashqari jamiyatni suv bilan ta'minlaydigan suv nasoslari ham to'liq to'xtadi. Korxona mutaxasisilari tomonidan yuzaga kelgan holat bartaraf etilishi natijasida 5 iyun soat 05:43da suv ta'minot qayta tiklandi hamda korxona o'z ish faoliyatini boshladi.