“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son hamda “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmonlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosining taʼminlanishi hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha mavjud holatni oʻrganish va oʻzaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan sayyor seminar-trening yuqori saviyada oʻtkazildi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Yaponiyaning yirik savdo kompaniyalaridan biri hisoblangan “Marubeni” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda kompaniyaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbari Kensuke Nishiyama tanishtirildi. Shu bilan birga, hozirgi kunda Yaponiya va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida mineral oʻgʻitlar hamda kimyoviy maxsulotlarga boʻlgan talab yuqori ekanligini inobatga olgan holda, Oʻzbekistondan ushbu maxsulotlarni sotib olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish boʻyicha kelishib olindi.
Joriy yilning 30-mart kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Turkiyaning “YEO Teknoloji Enerji ve Endüstri A.Ş.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Avtomatlashtirish, elektrlashtirish, “yashil” elektrostansiyalar qurish, raqamlashtirish va muhandislik kabi yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatuvchi kompaniya vakillari dastlab oʻzlarining BAA, Ukraina, Ozarbayjon, O`zbekiston, Turkiya va boshqa davlatlarda amalga oshirgan loyihalarining taqdimotini oʻtkazishdi. Uchrashuv davomida kimyo sanoatini avtomatlashtirish va raqamlashtirish shu bilan birga, sohaga “yashil” energetikani keng joriy qilish imkoniyatlari ham koʻrib chiqildi.
Joriy yilning 30-mart kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 18322 tonna 49020,3 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 29-mart kuni 56389,2 mln. so‘mlik 18828 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJning “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” talablari asosida jamiyatda manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilishning tartibi oʻrnatilgan.