“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash natijasida sexning sintez kalonnasida kelib chiqqan yong’in yuzasidan batafsil ma’lumot berish maqsadida OAV vakillari uchun maxsus intervyular tashkil qilindi.
“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash natijasida sexning sintez kalonnasida kelib chiqqan yong’in o`chirildi. Vaziyat to`liq nazorat ostida. Hodisa oqibatida sexning 2 nafar xodimi jarohatlangan va hozirda ularga shifoxonada tibbiy muolajalar ko`rsatilmoqda.
“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash va yong’in natijasida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagan. Shu bilan birga atrof muhitga zararli gazlar tarqalmagan. Bu bo`yicha barcha xavfsizlik choralari o`z vaqtida ko`rilgan. Yong’inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Korxonaning barcha boshqa sexlari uzluksiz belgilangan tartibda ish faoliyatini davom ettirmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Toshkent viloyatida joylashgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga tashkillashtirilgan press-tur haqida lavha va reportajlar efiga uzatildi.