Sarhisob: “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida texnik va texnologik yangilash natijasida ishlab chiqarish hajmi ortdi

// 27 December 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (372.86 KB)

2024-yilda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida texnik va texnologik yangilash, modernizatsiya jarayonlari natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortdi

“Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid sexida katalizatorlarni takomillashtirish hisobiga ammiak ishlab chiqarish sutkasiga 1 744 tonnadan 1 800 tonnagacha yetkazildi;

polivinilxlorid (PVX) ishlab chiqarish barqarorligi taʼminlanib, kunlik ishlab chiqarish 137 tonnadan 180 tonnagacha oshirildi;

«Maxam-Chirchiq» AJda karbamid ishlab chiqarish sexida modernizatsiya ishlarining amalga oshirilishi hisobiga kunlik ishlab chiqarish 820 tonnadan 950 tonnagacha oshirildi

«Dehqonobod kaliy zavod» AJda togʻ-kon kompleksi shaxtasining 9-10 panellarida yangi konveyerlar montaj qilindi, natijada sutkasiga qoʻshimcha 100 tonna kaliy xloridi ishlab chiqarish taʼminlandi 

“Fargʻonaazot” AJda – karbamid sexi sintez kolonnasini modernizatsiyasi hisobiga karbamid ishlab chiqarish sutkasiga 1 280 tonnadan 1 320 tonnaga yetkazildi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati