“Ammofos-Maxam” AJ bosh texnologi – “Yil ayoli-2024” respublika koʻrik-tanlovining “Oʻz kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli” nominatsiyasi gʻolibi

// 27 December 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (19.51 MB)

“Ammofos-Maxam” AJ bosh texnologi Nadejda Volinskaya – “Yil ayoli-2024” respublika koʻrik-tanlovining “Oʻz kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli” nominatsiyasi gʻolibi

Bugun Kasaba uyushmalari saroyida “Yil ayoli-2024” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Marosimni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ochib berib, mamlatimizning faol xotin-qizlari va tanlov gʻolibalarini tabrikladi.

Quvonarlisi, “Ammofos-Maxam” AJ bosh texnologi Nadejda Volinskaya “Oʻz kasbining fidoiysi” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. 
Nadejda Volinskaya - texnika fanlari doktori, koʻplab shogirdlarning ustozi, tashabbuskor, oʻz kasbining mohir ustasi, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat boshqaruvi sohalari bilimdoni.  1976-yildan buyon “Ammofos-Maxam” AJda faoliyat yuritadi. Nadejda Vladimirovna tomonidan ishlab chiqilgan mineral oʻgʻitlarni koʻp tonnali hajmlarda ishlab chiqarish usullari korxonada tatbiq etilgan boʻlib, bu korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini sezilarli yaxshilash imkonini bergan.

  

“Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi Nadejda Vladimirovnani ushbu yuksak eʼtirof bilan tabriklaydi hamda  ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sogʻlik tilaydi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati