Yoriyev Xotam Rustamovich “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar X.Yoriyev “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, Bosh muhandis lavozimida faoliyat yuritgan.
Bahodir Baxtiyorovich Normuratov “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari v.b lavozimiga tayinlandi. Tayinlov munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJ Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamenti boshligʻi R.Ayxodjayev, "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ boshqaruvi raisi v.b T.Zaripov, boshqaruv raisi oʻrinbosarlari hamda tarkibiy boʻlinma rahbarlari ishtirok etishdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Yuridik boshqarmasi yetakchi yuriskonsulti Xurshida Abdullayeva “Mehnat huquqlarimizni oʻrganamiz” huquqiy aksiyasi doirasida oʻtkazilgan tanlovda faxrli 1-oʻrinni egalladi. “Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi Xurshida Abdullayevani mazkur muvaffaqiyat bilan tabriklaydi!
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ko‘magida “Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yuqumli kasalliklarni oldini olish sohasida texnik yordam ko‘rsatish dasturi” doirasida ko‘chma tibbiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 26-iyul kuni Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali shifokorlari hamda “O’zkimyosanoat” AJ va “Maxam-Chirchiq” AJ rahbariyati bilan hamkorlikda jamiyatning 120 nafar xotin-qizlarining salomatligiga eʻtibor qaratish va tiklash uchun korxona hududida kasalliklarni erta skriningdan oʻtkazish maqsadida mobil mammografik kompleks jalb qilingan holda, tor doiradagi mutaxassislar va umumiy amaliyot shifokorlari yordamida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.
Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shveytsariyada boʻlib oʻtgan nufuzli Xalqaro kimyo olimpiadasida Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritishgan edi.