“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2023-yil 5-iyun sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Toshkent shahri Yunusobod tumanini har tomonlama rivojlantirish va islohotlar samaradorligini oshirish borasidagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Jamiyatga biriktirilgan mahallalardagi ijtimoiy-himoyaga muhtoj 2 nafar ayolga cheksiz quvonch ulashildi va yordam koʻrsatildi. Bu kun ular uchun unutilmas boʻlib qolishiga ishonamiz!
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “Oʻzkimyoimpeks” MChJ xodimlarining farzandlari uchun D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida bayram tadbiri tashkil etildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b Timur Muxamedjanovning korrupsiyaga qarshi kurashish va bu illatning oldini olish yuzasidan markaziy apparat xodimlari hamda tizim korxonalari rahbar va ishchilariga murojaati yoʻllandi. Murojaat videokonferensaloqa tarzida translyatsiya qilindi va tizimda faoliyat yuritayotgan barcha rahbar va xodimlar onlayn ravishda kuzatib borishdi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2023-yil 31-may sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.