Matbuot markazi

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va tarmoq korxonalari Komplayens xizmatlari tomonidan 2023-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

// 11 August 2023 yil

Bugun bo‘lib o‘tgan hisobot yig‘ilishida jamiyat va tarmoq korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 10-avgust sanasidagi savdo yakunlari

// 10 August 2023 yil

Joriy yilning 10-avgust kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali jami 7 421 tonna 24 171,0 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. O‘tgan kuni bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 9-avgust kuni 25 271,4 mln. so‘mlik 7 182,0 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 9-avgust sanasidagi savdo yakunlari

// 09 August 2023 yil

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2023-yil 9-avgust sanasidagi yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.


“Fargʻonaazot” AJning Termiz tumanida joylashgan omborida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ quyidagilarni maʻlum qiladi

// 09 August 2023 yil

2023-yilning 9-avgust kuni “Fargʻonaazot” AJning Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan omborida yongʻin kelib chiqqan va bu haqida FVBga xabar berilgan. Yuzaga kelgan yongʻin 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji tomonidan soat 15:20 da oʻchirilgan. Jabrlanganlar yoʻq. Yongʻin paytida omborda mineral oʻgʻitlar mavjud boʻlmagan.


"Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida joriy yil yakuniga qadar yana 8 ta korxona ishga tushadi

// 09 August 2023 yil

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan hafta Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida "Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida ham bo‘ldi. Texnoparkning umumiy maydoni 35,1 gektar bo‘lib, birinchi bosqichda 14 ta korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Uchta maydonga bo‘lingan mazkur texnoparkda qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich obyektlar kesimida tashkil etilgan.