
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida boʻlib turibdi.
Ishchi guruh dastavval, tumanda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha shtab aʼzolari bilan birgalikda hududdagi 51 ta “mahalla yettiligi” ishtirokida oʻquv seminari tashkil etdi.
.jpg)
Unda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar oʻtkaziladigan roʻyxatdan oʻtkazish tadbirlari “mahalla yettiligi” ishtirokida uyma-uy yurib amalga oshirilishi va mazkur jarayonda muhim jihatlarga eʼtibor qaratilishi lozimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, ishchi guruhi tuman hokimligida tuzilgan aholini roʻyxatga olish shtabida boʻlib, ushbu tadbirga tayyorgarlik jarayonlari, shtab faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.Roʻyxatga olish jarayonida 38 million aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari toʻgʻrisida yagona maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.

Mamlakatimizdagi qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish holati, chorva mollari va parrandalar soni aniqlanadi. Bu orqali qishloq xoʻjaligiga yoʻnaltirilayotgan yillik byudjet mablagʻlarining samaradorligi, sohadagi xizmatlar hajmi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun zarur maʼlumotlar yaratiladi.