Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va “O‘zkimyosanoat” AJ magistratura (1 ta o‘rin) yo‘nalishida barcha xarajatlar qoplangan holda Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan birida tahsil olish uchun tanlov e’lon qiladi!
22-sentyabr — dunyo miqyosida "Avtomobillarsiz kun" sifatida nishonlanadi. Ushbu kunning asosiy maqsadi — shaharlardagi havo ifloslanishini kamaytirish, transport vositalaridan kelib chiqadigan zararli chiqindilarga qarshi kurashish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etishdan iborat.
Maʼlumki, har yili kuz-qish mavsumida sanoat korxonalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, muhandislik kommunikatsiyalarini tayyor holatga keltirish hamda xodimlar uchun qulay mehnat sharoitini yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Korxona mas’ullari, Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasi mutaxassislari Vyetnamning Vungtau shahrida joylashgan “Phú Mỹ Fertilizer” kimyo korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Haldor Topsoe litsenziyasi asosida ammiak (NH₃) ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘llaydigan majmua barqaror faoliyati bilan e’tirof etilgan.