
Kimyo boʻyicha 2026-yilgi Nobel mukofotining sovrindorlari fransiyalik Anri B. Kagan va yaponiyalik Kenso Soay boʻldi.
Mukofot olimlarga “asimmetrik organik sintezda nochiziqli effektlar va avtokataliz hodisasini kashf etgani uchun” berildi.
“Anri Kagan va Kenso Soai bir asrdan ortiq vaqt davomida mavjud boʻlgan kimyoviy jumboqqa — gomoxirallik qanday qilib oʻz-oʻzidan yuzaga kelishi mumkinligi masalasiga yechim topdilar. Ular tomonidan ishlab chiqilgan kimyoviy reaksiyalar haqiqatan ham hayratlanarli”, — dedi Kimyo boʻyicha Nobel qoʻmitasi raisi Hayner Linke.
Olimlarning kashfiyoti farmatsevtik preparatlar ishlab chiqarish uchun reaksiyalarni yaratayotgan kimyogarlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.