Prezident Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi
Ikki davlat rahbarlari an'anaviy do'stlik va ochiqlik ruhida o'tgan muzokaralar chog'ida mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama etdilar.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga muvofiq o'tkazib kelinayotgan sanoatchilarning mazkur an'anaviy forumi mamlakatimizning mahalliy xomashyolardan foydalangan holda ishlab chiqarishning yangi tur va yo'nalishlarini rivojlantirish borasidagi yutuqlarini yana bir bor namoyish etdi. Kooperatsiya birjasi ishtirokchilari korxonalar sanoat tarmoqlari ehtiyojlarini baholab, rivojlanish istiqbollarini belgilash, kelgusi yil uchun mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va buyurtmalar portfelini shakllantirish imkoniga ega bo'ldi.
O'zbekiston va Xitoy xalqlari o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik bugungi kunda yangi mazmun kasb etib, izchil rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yilning avgust oyida Xitoyga davlat tashrifi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko'tardi. Mazkur tashrif doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard AQSh dollariga teng loyihalar bo'yicha yigirmadan ziyod hujjat, shuningdek, 800 million dollar miqdorida savdo shartnomalari imzolangani va shu tariqa jami 6 milliard dollarlik kelishuvga erishilgani o'zaro hamkorlik ko'lami yanada kengayib borayotganidan dalolat beradi.
Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojiga 1991 yilning 27 dekabrida asos qo'yilgan – shu kuni Xitoy O'zbekiston mustaqilligini tan olgan. Diplomatiya munosabatlari esa 1992 yil 2 yanvari kuni o'rnatilgan edi. Oradan o'tgan yillar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, kredit-moliya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning o'suvchanligi bilan O'zbekiston – Xitoy sherikligi ajralib turdi. Zamonaviy bosqichda barcha sohalardagi aloqalarni qamrab olgan O'zbekiston-Xitoy hamkorligi do'stona va o'zaro manfaatli munosabatlar xususiyatini kasb etgan. Ikki davlat rahbarlarining o'zaro ishonchga asoslangan munosabatlari bunga asos bo'lib kelmoqda. Muntazam tus olgan oliy darajadagi, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning sammitlari doirasidagi tashriflar hamda uchrashuvlar bu fikrning tasdig'idir.