O'zbekiston yangiliklari

EKSKLYuZIV: Arab shayxi O'zbekistonga milliardlab dollar miqdorida sarmoya kiritmoqchi

// 14 June 2018 yil


“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 14 ishlab chiqarish korxonasi va 6 xizmat ko'rsatish tashkiloti faoliyat ko'rsatadi. Ularda 30 mingdan ortiq mutaxassis va xodim ishlaydi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi 180 dan ziyod ekanligi matbuot anjumanida qayd etildi.

// 04 June 2018 yil


Iqtisodiyotda hisob-kitoblar holatini yaxshilash – barqarorlik omili

// 18 April 2018 yil

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 17 aprel kuni iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitob tizimini takomillashtirish, debitor, kreditor va byudjet oldidagi qarzdorliklarni kamaytirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar tahliliga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlarida nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, to'lov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


Qishloq xo'jaligidagi ishlar natijadorligi muhokama qilindi

// 24 March 2018 yil

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 23 mart kuni qishloq xo'jaligini jadal rivojlantirish va islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha ishlar natijadorligiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Videoselektor tarzida o'tkazilgan yig'ilishda Bosh vazir, uning o'rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari, Qoraqalpog'iston Respublikasi rahbariyati, viloyatlar hokimlari ishtirok etdi.


O'zbekiston – Tojikiston: Savdo-iqtisodiy hamkorlikda yangi bosqich boshlanmoqda

// 12 March 2018 yil

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida Dushanbeda “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida milliy mahsulotlar ko'rgazmasi o'tkazildi. Ikki davlat rahbarlari va delegatsiya a'zolari ko'rgazmada namoyishga qo'yilgan mahsulotlar bilan tanishdi. Ko'rgazmada avtomobilsozlik, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, farmatsevtika, kimyo, neft-gaz, metallurgiya, elektrotexnika, yengil sanoat mahsulotlari, shuningdek, qurilish ashyolari hamda hunarmandlik namunalari keng namoyish etilmoqda.