Matbuot markazi

Respublika Virusiologiya ilmiy-tekshirish instituti va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga kimyoviy dezinfektsiya mahsuloti taqdim etildi

// 21 March 2020 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizda COVID-19 koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olishga hamda aholi salomatligiga tahdid soluvchi turli yuqumli kasalliklar va infektsiyalardan himoya qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yanada samarali tashkil etishga ko'maklashish maqsadida tashkilot tizimidagi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan dezinfektsiya amaliyotida qo'llaniladigan natriy gipoxlorit mahsulotini O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika Virusiologiya ilmiy-tekshirish instituti va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga beg'araz taqdim etildi.


“Navro'z” umumxalq bayrami bilan!

// 20 March 2020 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha vatandoshlarimiz va yurtimiz mexmonlarini “Navro'z” umumxalq bayrami bilan muborakbod etadi! Sizga va oila a'zolaringizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi yo'lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!


Tayinlov

// 20 March 2020 yil

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Boshqaruv raisining yangi o'rinbosarlari tayinlandi.


“Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o'tkazilgan ko'kalamzorlashtirish loyihasi doirasida 5500 dona daraxtlar va 40 000 dona gullar ekildi

// 17 March 2020 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularga tutash hududlarda “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostidagi ko'kalamzorlashtirish loyihasining navbatdagi tadbiri joriy yilning 14 mart kuni “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etildi.


Hashar – elga yarashar

// 14 March 2020 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz miqyosida o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Jamiyat tarkibidagi barcha korxona-tashkilot xodimlar va tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar nafaqat korxona hududi balki korxonaga tutash hududlar obodligiga o'z xissalarini qo'shmoqdalar.