“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Boshqaruv raisining tizimdagi korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Videokonferentsiya orqali o'tkazilgan uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar yoshlar yetakchilari, korxona rahbar-xodimlari va faol yoshlar ishtirok etdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 14 yanvar – “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan “Vatanni himoya qilish – fuqarolik burchimiz” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
2020 yil yakuni, shuningdek 2021 yil birinchi chorak, olti oy, to'qqiz oy va yil yakuni natijalari bo'yicha jamiyatda korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil tashkilotni tanlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yilgi faoliyati yakunlari va 2021 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar taqdimoti yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi neft-gaz kimyosi sanoatidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan asosiy vazifalar to'g'risida o'tkazilgan yig'ilishning 93-son bayonnomasiga asosan o'tkazilayotgan tanlov “O'zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida yuqori texnologiyalarga ega bo'lgan raqobatbardosh innovatsion mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar)ni yaratish uchun texnologik jarayonlarni takomillashtirish, mahalliy yoki ikkilamchi xom-ashyolarni qayta ishlash orqali joriy etishga qaratilgan. Taklif etilayotgan loyihalar amaliy natijaga ega bo'lishi va O'zbekiston Respublikasi hududida ushbu loyihani amalga oshirish va ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati bo'lishi zarur.