“O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 23-yilligi bilan tabriklaydi!
Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
«Samarqandkimyo» AJ NPK murakkab mineral o'g'itni ishlab chiqarishni boshladi (15:15:15). Mazkur o'g'itni bo'yicha savollar va qiziqishlar bilan «Zzkimyosanoat» DAK ning Markenting va TIA boshqarmasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojjat qilishingiz mumkin: (998 71) 140 74 52, (998 71) 140 74 36.
2014 yilning I yarimyilik yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 995,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,6%) hamda 91,3 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 134,4%) ishlab chiqarildi. Sof holda 589,68 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 466,87 ming tonna azotli o'g'itlar, 76,44 ming tonna fosforli o'g'itlar va 46,37 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2014 yilning I chorak yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 439,3 so'mlik tovar mahsulot hamda 44,0 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi. 2014 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari tomonidan 18,24 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi