Matbuot markazi

2014 yil yanvar-iyun oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 22 July 2014 yil

2014 yilning I yarimyilik yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 995,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,6%) hamda 91,3 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 134,4%) ishlab chiqarildi. Sof holda 589,68 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 466,87 ming tonna azotli o'g'itlar, 76,44 ming tonna fosforli o'g'itlar va 46,37 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.


Axborot (19.04.2014, o'zbek tilida)

// 25 April 2014 yil


2014 yil yanvar-mart oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 15 April 2014 yil

2014 yilning I chorak yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 439,3 so'mlik tovar mahsulot hamda 44,0 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi. 2014 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari tomonidan 18,24 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi


Navro'zi olam bilan!

// 21 March 2014 yil

«O'zkimyosanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimiz xalqi va mehmonlarini ko'hna va hamisha navqiron bayramimiz – Navro'zi olam bilan samimiy muborakbod etib, eng yaxshi tilaklarini bildiradi!

Ushbu nurafshon bahor ayyomida barchaga mustahkam sog'liq, bahoriy kayfiyat, oilaviy baxt-saodat va aziz Vatanimiz ravnaqi yo'lidagi faoliyatlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaydi!


Yangi Yil tabrigi

// 30 December 2013 yil

“O'zkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimiz kimyogorlari nomidan butun O'zbekiston xalqini Yangi 2014 yil bilan muborakbod etib, barchaga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va mustahkam sog'liq tilaydi. Jonajon Vatanimizning gullab-yashnashi yo'lidagi ezgu ishlaringizda hamisha omad yor bo'lsin, aziz hamyurtlar!