2015 yil 22 aprelda “Navoiyazot” AJda korxonaning fuqaro muhofazasi tuzilmalarining Navoiy viloyatiFavquloda vaziyatlar boshqarmasi xizmatlari bilan birgalashib hamkorlikda ishlash ko'nikmalarni takomillashtirish bo'yicha ko'rgazmali maxsus-taktik mashqlar o'tkazildi.
2015 yil 23 aprel kuni “O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Normat Ibragimov “Maksam-Chirchiq” AJ va “Ammofos-Maksam” AJ Kuzatuv kengashlari majlisida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Ispaniyaning «Maxamcorp Holding S.L.» kompaniyasi korporativ rivojlantirish va strategiya masalalari bo'yicha bosh rahbari janob Montoro Lopes hamda kompaniyaning boshqa vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.
2015 yil 18 aprelda “Navoiyazot” AJ negizida tarmoq Innovatsiya dasturini amalga oshirish bo'yicha“O'zkimyosanoat” DAK tarkibidagi korxonalarning bosh muhandislari ishtirokida seminar-kengash o'tkazildi. Bu tadbirdan asosiy maqsad kimyo korxonalarida olib borilayotgan va tarmoqni rivojlanishiga, ishlab-chiqarishni o'sishiga, import o'rnini bosuvchi yangi maxsulotlar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashishdan iboratdir.
2015 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 518.9 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 107,8%) hamda 42,8 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 108,4%) ishlab chiqarildi.
Barchangizni go'zallik va nafosat bayrami – 8 mart –Xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etib, Sizlarga o'zimizning yuksak hurmat-ehtirom va samimiy tabriklarimizni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Hayotingizda rizqi-nasibangiz ziyoda, go'zallik va mehr-muhabbat doim Sizga yor bo'lsin!
Oilangizning baxtu-saodatini, farzandlaringizning kamolini ko'rish har biringizga nasib etsin!