2017 yil 10 sentyabr kuni “O'zkimyoschanoat” boshqaruvi raisi Abduxashim Abdullaev O'zbekistonga ishchi tashrif buyurgan «China Poly Group» (XXR) kompaniya vitse-prezidenti janob Vang Lin boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. O'tkazilgan uchrashuvda tomonlar tomonidan “O'zkimyosanoat” AJ hamda «China Poly Group» kompaniyasi o'rtasida o'rnatilgan uzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasi yuzasidan fikrlar almashildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning topshirig'iga binoan Toshkent viloyatining “Angren” EIZda qo'rilayotgan rezinotexnika buyumlar zavodida Mustaqillik kunining 26chi yiliga bag'ishlab avtomobil shinalarning birinchi tajriba partiyasi ishlab chiqarildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 26-yilligi bilan tabriklaydi! Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustda tarmoqni yanada diversifikatsiya qilish maqsadida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi. Unga ko'ra ushbu davr ichida 3,1 mlrd. dollarlik 43 investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.