Matbuot markazi

2018 yil yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 15 January 2019 yil

2018 yil yakuni bilan “O'zkimyosanoat” korxonalarida 4,17 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi. Sof holda 1170,77 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 847,98 ming tonna azotli o'g'itlar, 140,38 ming tonna fosforli o'g'itlar va 182,41 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.


Yangi yil tabrigi

// 28 December 2018 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimiz kimyogorlari nomidan butun O'zbekiston xalqini Yangi 2019 yil bilan muborakbod etib, barchaga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va mustahkam sog'liq tilaydi. Jonajon Vatanimizning gullab-yashnashi yo'lidagi ezgu ishlaringizda hamisha omad yor bo'lsin, aziz hamyurtlar!


2018 yilning yanvar-noyabr oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 05 December 2018 yil

2018 yilning yanvar-noyabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 3,6 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 100,1 %ni tashkil qildi. Sof holda 1061,11 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 769,44 ming tonna azotli, 128 ming tonna fosforli va 163,68 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 2829,6 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 2011, 2 ming tonnasi sotildi.


Konstitutsiya kuni bilan!

// 03 December 2018 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini ulug' bayram – Konstitutsiya kuni bilan chin dildan qutlaydi! Mehnatsevar, qo'li gul xalqimizning yaratuvchanlik va bunyodkorlik jabhasida erishayotgan yutuqlari tobora ko'payib, yurtimiz kundan-kun chiroy ochaversin! Har bir xonadonga tinchlik va omonlik, baxt-saodat, dasturxonlariga qut-baraka, amalga oshirayotgan xayrli ishlariga omad tilaymiz!


2018 yilning yanvar-avgust oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 14 November 2018 yil

2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 3,3 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 101,6%ni tashkil qildi. Sof holda 975,52 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 708.38 ming tonna azotli, 116,24 ming tonna fosforli va 150,9 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.