Sanoatda mahsulotlarning mahalliylashtirilishi mahalliy ishlab chiqarishni kuchaytirish orqali mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlaydi, ish o‘rinlari yaratiladi. Qolaversa, importga bog‘liqlik kamayadi, transport va bojxona xarajatlari pasayadi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Germaniyaning Sulzer kompaniyasi polistirol materiallarini kimyoviy qayta ishlash uchun moʻljallangan EcoStyrene texnologiyasini ishga tushirganini eʼlon qildi. Kompaniya maʼlumotiga koʻra, ushbu texnologiya turli xil ifloslantiruvchi moddalarni oʻz ichiga olgan polistirol chiqindilarini qayta ishlash imkonini beradi.