Kiberfiribgar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun yordam beradigan foydali resurslar

// 05 August 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (56.01 KB)


1.@cyberqalqonbot

Agar sizga shaxsiy xabarda noma'lum yoki shubhali fayl yuborilgan bo‘lsa, uni botga yuborishingiz kifoya. Bot qisqa vaqt ichida faylni tahlil qilib, uning zararli yoki xavfsiz ekanligi haqida ma'lumot beradi. Bu esa viruslar, zararli dasturlar va firibgarlar yuborgan fayllarni ochishdan oldin xavfni aniqlash imkonini yaratadi.
 

2. Xavfsizlink.uz

  • Kiberfiribgarliklar, soxta havola va sun'iy intellekt yordamida yaratilgan shubhali kontentlarga duch kelganingizda, barchasini bitta platforma orqali tekshirishingiz mumkin.
  • Shubhali QR-kodlarni tekshiradi
  • QR-kodni yoki u joylashgan faylni yuklang va tekshiring.
  • Fayllarni qanchalik xavfsizligini tahlil qiladi
  • Misol uchun, ".doc, .docx, .xls, .xlsx .pdf, .exe, .bat, .apk” kabi formatdagi fayllar
  • Shubhali havolalarni aniqlaydi
  • Havolani yuboring va uning xavfsizligini baholang.
  • Video yoki rasm haqiqiyligini ajratishda ko‘maklashadi.
  • Video yoki rasmni yuklang va uning sun'iy intellekt yordamida yaratilgan yoki haqiqiy ekanligini aniqlashga yordam beruvchi tahlil natijasini oling.

3. Check Permission” ilovasi

"Android" operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan ushbu dastur ilovalarni avtomatik tahlil qilib, zararli ilovaning o‘rnatilishini oldini oladi. Avvaldan mavjuf zararli ilova aniqlansa, bu haqida foydalanuvchiga tezkor bildirishnoma (notification) yuboriladi. Doimiy ravishda ilovaga kirib, qurilmada virus bor yoki yo'qligini tekshirish shart emas.
Eng asosiysi oflayn rejimda ham ishlaydi.
 

Hurmatli fuqarolar!
Yuqoridagi mahsulotlar Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, barcha foydalanuvchilar uchun bepul xizmat ko'rsatadi.
Ushbu vositalardan foydalanish va kibergigiyena qoidalariga amal qilish orqali shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qiling.