Matbuot markazi

"O'zbekneftgaz" va "O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlarida korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimi joriy etilmoqda

// 06 November 2019 yil

Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi ishchi organi – Bosh prokuratura tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O'zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korruptsiyaga qarshi kurashish” loyihasi hamkorligida “O'zkimyosanoat” va “O'zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlarida korruptsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida korruptsiyaga qarshi kurashish «komplaens nazorat» (compliance control) tizimini joriy etish bo'yicha ishlar boshlandi.


“O'zkimyosanoat” AJ sanoat korxonalarining joriy yil 9 oylik faoliyati yakunlari sarhisob qilindi

// 05 November 2019 yil

“O'zkimyosanoat” AJ sanoat korxonalari tomonidan 2019 yil yanvar-oktabr oylarida qiymati 5,5 trillion so'mdan ziyod bo'lgan tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi, 2018 yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning o'sish sur'ati 106,8%ni tashkil etdi.


«Bu xolis fikr emas». «O'zkimyosanoat» o'z faoliyati to'g'risida tarqalgan xabarga munosabat bildirdi

// 05 November 2019 yil

Kun.uz: «O'zkimyosanoat» AJ matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, mahalliy ammofos tarkibida fosfor miqdori belgilanganidek 46 foiz emas, 6 foizligi iddao qilingan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.


“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rasmiy bayonoti

// 02 November 2019 yil

Bugun ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.


«Farg'onaazot» AJ ustav kapitalidagi 51 foiz (48,05 foiz – davlat ulushi va 2,95 foiz «O'zkimyosanoat» AJ ulushi) aksiyalarni salohiyatli investorlarning eng yaxshi takliflarini tanlash yo'li bilan sotish tartibi va shartlari to'g'risidagi ma'lumot

// 01 November 2019 yil

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq «Farg'onaazot» AJ ustav kapitalining 51 foiz miqdoridagi aksiya paketi sotilishi nazarda tutilgan.