“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida 2019 yil 10 dekabr kuni “Air Products” (AQSh) vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida “Navoiyazot” AJ bazasida “Karbonat angidrid (SO2) ishlab chiqarish” investitsion loyihasi doirasida qo'shma korxona tuzish muhokama qilindi. Loyiha doirasida shuningdek, loyihaning texnik, moliyaviy, iqtisodiy tomonlari (detallari) ham muhokama qilindi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar qoshidagi laboratoriyalarning texnik va uslubiy ta'minotini o'rganish bo'yicha tashkil etilgan Ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xavfsizligini, sifatini va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida “Ammofos-Maksam” AJ laboratoriyalarining texnik va uslubiy jihozlar bilan ta'minlanganligi bo'yicha maxsus o'rganish tashkil etildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha vatandoshlarimiz va yurtimiz mexmonlarini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi bayrami bilan muborakbod etadi! O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bosh qomusimiz bo'lib, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash borasidagi eng asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Ushbu tarixiy kunda barchangizga va oila a'zolaringizga sixat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat tilaymiz. Yurtimizda doimo tinchlik va hotirjamlik barqaror bo'lsin!
Bugun Moskva shahrida "Matbuot xizmati - 2019: PR-faoliyatning yangi texnologiyalari" mavzusida xalqaro amaliy konferentsiya o'z faoliyatini boshladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida joriy yilning 21 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasining neft va kimyo sohasidagi yirik kompaniyalaridan biri “SOCAR”, Shvetsariyaning “SOCAR Trading SA” hamda Saudiya Arabistonining “Chemtrade LLC” kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari ishtirokida rasmiy uchrashuv o'tkazildi.