Matbuot markazi

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 9 fevral sanasidagi savdo yakunlari

// 10 February 2021 yil

Joriy yilning 9 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 17890 tonna 39781,5 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 8 fevral kuni 34731,0 mln. so'mlik 14595 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.


D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filiali talabalari “Ammofos-Maksam” AJga tashrif buyurdilar

// 09 February 2021 yil

D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filiali talabalari “Ammofos-Maksam” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Talabalarning korxonaga tashrifi o'quv ishlab chiqarish amaliyoti doirasida tashkil etildi.


O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 8 fevral sanasidagi savdo yakunlari

// 09 February 2021 yil

Joriy yilning 8 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 14595 tonna 34731,0 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. O'tgan xafta bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 5 fevral kuni 65063,7 mln. so'mlik 26149 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.


Qalbaki mahsulotlardan ogoh bo'ling!

// 08 February 2021 yil

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan dehqon fermer xo'jaliklari, paxta, g'alla va sabzavot yetishtirish bilan mashg'ul bo'lgan fuqarolarni sifatli mineral o'g'it bilan ta'minlash ishlari “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining tarmoq korxonalari tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, “Ammofos-Maksam” AJ ichki bozor va qo'shni davlatlar ehtiyojini “Ammofos”, “PS-agro”, “Superfos”, “ASF” mahsulotlari ishlab chiqarib, davlat standarti talablariga javob beradigan mineral o'g'itlar bilan iste'molchilarning ehtiyojini qondirib kelmoqda.


Tayinlov

// 08 February 2021 yil

Djuraev Ilxom Kenjaevich “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamentining Investitsiyani istiqbolli rivojlantirish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.