“Oʻzkimyosanoat” AJda Texnik qoʻmitaning 4-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

// 23 January 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.52 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJda Texnik qoʻmitaning 4-yigʻilishi boʻlib oʻtdi 

Yig'ilishda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish  hamda texnik rivojlantirish, standartlashtirish bo'yicha mutaxassislari ishtirok etishdi. 

Unda  kimyo sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ-hujjatlarni ishlab chiqish hamda yangi texnologiyalar asosida tartibga soluvchi standart hujjatlarni ishlab chiqishning ahamiyati haqida so'z bordi.  Shuningdek,

🔹Tarmoq korxonalari faoliyatida foydalanilayotgan davlatlararo GOST standartlarining aktualligini saqlab qolish;

🔹Tarmoq korxonalari tomonidan bir turdagi mahsulotlarga bo‘lgan standartlarning texnik talablari va nazorat usullari yuzasidan konsensusga erishish;

🔹2024-2025 yillarda ishlab chiqilishi rejalashtirilgan normativ-texnik hujjatlarni kelishish va O‘zbekiston standartlariga yuborish;

🔹Ichki (sexlar oʻrtasida xomashyo sifatida yetkazib beriladigan tashkilot standartlarini) korxonaning ichki hujjati sifatida amalda qoldirish kabi koʻplab muhim masalalar koʻrib chiqildi.

"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati