Hisobot davrida joriy yilning avgust oyida Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi U.D.ning arizasiga asosan “Oʻzkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi DXX, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida ishlab chiqarilayotgan mineral oʻgʻitlar eksporti bilan bogʻliq korrupsion holatlarni bartaraf etish, mazkur sohada noqonuniy faoliyat olib borayotgan uyushgan jinoiy guruhning firibgarlik, taʼmagirlik hamda tovlamachilik jinoyatlariga chek qoʻyish maqsadida tezkor faol tadbir oʻtkazildi.
Samarqand shahrida O`zbekiston – Rossiya 3-ta’lim forumi o`tkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etishmoqda. Ta’lim va ilm-fan rivojiga alohida e’tibor qaratuvchi “O`zkimyosanoat” AJ ham ushbu nufuzli tadbirda faol qatnashmoqda. Forumda “O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi o`rinbosari Yevgeniy Korjikov ham ma’ruza o`qidi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 25-oktabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 24-oktabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining davlat tili maslahatchilari, xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raislari hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida sayyor seminar-trening oʻtkazildi.