Polimerdan "zanjirli sovut"

// 21 January 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (4.45 MB)

AQSHning Shimoli-gʻarbiy universiteti (NWU) kimyogarlari bardoshli, lekin yengil va egiluvchan, oʻzaro toʻqilgan polimer iplaridan nanomaterial yaratishdi. Tuzilmaviy xususiyatlari tufayli u zanjirli sovutga oʻxshaydi va undan tana zirhlari hamda ballistik matolarni yaratishda foydalanish mumkin.

Tadqiqotchilar polimerizatsiyaning yangi jarayonidan foydalanib, innovatsion material yaratishga muvaffaq boʻlishdi. Uzoq vaqt davomida polimerlarda oʻzaro mexanik bogʻlangan molekulalarni hosil qilish mumkin emas deb hisoblangan edi. Biroq, olimlar butunlay boshqacha, nostandart usulni qoʻllashdi. 

Ular bir-biri bilan bogʻlangan bir necha uglevodorod halqalaridan iborat boʻlgan, X harfini tashkil etuvchi TPE-PhOH aromatik organik molekulalari bilan ishlash orqali buning uddasidan chiqishdi. Bu X shaklidagi monomerlar yangi polimerizatsiya usulidan foydalangan holda kristallga oʻxshash panjara ichiga tartiblangan. Keyin birinchisiga perpendikulyar yoʻnaltirilgan xuddi oʻsha X shaklidagi molekulalarning yana bir qatlamini joylashtirishgan. Natijada polimer molekulalarining bir-biriga toʻqilgan yupqa boʻlakdan iborat ikki oʻlchovli nanostrukturalari yaratilgan.

Ushbu nanomaterialning oʻziga xosligi uning juda mustahkamligida boʻlib, yuzasining har kvadrat santimetrida 100 trilliondan ortiq bogʻlanish mavjud. 

Tadqiqotchilar mazkur materialni sanoat miqyosida ishlab chiqarish va turli mahsulotlar, masalan, poliefirmiddan iplar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati mavjudligini taʼkidlashmoqda.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati