Xabar berib borayotganimizdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ fermerlar va soha vakillari ishtirokida hududlarda “Mineral oʻgʻit - moʻl hosil garovi” mavzusida turkum amaliy seminarlar oʻtkazib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, O‘zbekiston standartlar institutining Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi tomonidan korxonadagi sinov laboratoriya hamda muvofiqlikni baholash organlari xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi nihoyasiga yetdi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Global Impact Coalition koalitsiyasi (Jeneva, Shveysariya) avtomobil plastik qismlarini qayta ishlashning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi. 2025 yilning mart oyida KlaasBoer, Reyond va Steinert dastlabki 100 ta avtomobilni demontaj qilishni, uning qismlarini maydalab, ularni oʻn turdagi plastikka ajratishni boshlaydi. Pilot loyiha yetti oydan toʻqqiz oygacha davom etishi kutilmoqda.