“O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislari Xitoyda sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro dasturda qatnashdi

// 19 June 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (18.74 MB)

“O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislari Xitoyning Harbin Institute of Technology (Shenzhen) universitetida tashkil etilgan “Artificial Intelligence Empowering Sustainable Development” xalqaro o‘quv dasturida ishtirok etdi.



Dastur doirasida ishtirokchilar sun’iy intellekt texnologiyalari, AI-agentlar, raqamli transformatsiya hamda Smart Manufacturing yo‘nalishidagi zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.
O‘quv jarayonida BYD, Mindray, Dobot, BGI Group va Fengnong Holdings kabi Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalariga amaliy tashriflar tashkil etildi. Tashriflar davomida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, robotlashtirish, katta ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt asosidagi innovatsion yechimlarning amaliy qo‘llanilishi o‘rganildi.

Mazkur xalqaro dastur “O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislarining raqamli transformatsiya va sun’iy intellektni ishlab chiqarish hamda boshqaruv jarayonlariga joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashishiga xizmat qildi.