Hisobotda Jamiyatning atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruvga (ESG) bogʻliq yondashuvlari taqdim etilgan. Ushbu hisobot Global Reporting Initiative (GRI) xalqaro standartlari asosida tayyorlangan boʻlib, kompaniyaning barqaror rivojlanish, korporativ boshqaruv, atrof-muhit va ijtimoiy koʻrsatkichlari boʻyicha natijalarni oʻz ichiga oladi hamda kompaniyaning oshkoralik va javobgarlikka boʻlgan intilishini aks ettiradi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 30-sentabr sanasidagi yakuni boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi.
2024-yilning 27-sentabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muhammadbobur Abdurazakov hamda “O’zkimyosanoatloyiha” AJ yoshlari bilan Jamiyatda sayyor qabul tashkil etildi.
Joriy yilning 26-29-sentyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o'tkazilgan sportning "Armrestling" turi bo'yicha XX Jahon kubogida O'zbekiston 🇺🇿 sharafini himoya qilgan “Maxam-Chirchiq” AJning “Karbamid” sexi mashinisti-Aziz Tadjiyev 20 ga yaqin davlat sportchilari orasida, 105 kg vazn toifasida kumush (chap qo'lda) hamda bronza (o'ng qo'lda) medali sohibiga aylandi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 27-sentabr sanasidagi yakuni boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi.