O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko'rinishga ega: tog'lar, daryolar va so'l tomoni bug'doy boshoqlaridan, o'ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g'o'za shoxlaridan iborat chambarga o'ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo'lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “O‘zbekiston” deb yozib qo'yilgan.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyosanoati tizimida faoliyat yuritayotgan yosh kimyogarlarni va yurtimizning barcha yoshlarini “Yoshlar kuni” bilan muborakbod etadi! Yurtimiz rivoji va jahon hamjamiyatidagi nufuzini oshirish yo'lida olib borayotgan izlanishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Sizlarga mustahkam sog'lik hamda yangi marralarni zabt etishingizda kuch-g'ayrat tilaymiz.
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari! Sizlarni 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan muborakbod etamiz. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish borasidagi mas'uliyatli faoliyatingizda ijodiy parvoz va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Sizga va oila a'zolaringizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi yo'lidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
“CAMCE Engineering Co., Ltd.” kompaniyasi mamlakatimizda amalda bo'lgan pandemiya sharoitida koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olishga ko'maklashish maqsadida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga tibbiy niqoblar taqdim etdi.
Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “Tarmoq korxonalarining internet resurslarini ijtimoiy tarmoqlarda targ'ib qilish” mavzusida videokonferentsiya shaklidagi seminar tashkil etildi. Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad kontent sifatini oshirish va korporativ veb-saytlarni yanada ommalashtirish, shuningdek, soha mahsulotlarini ijtimoiy media sahifalarida targ'ib qilish sifatini yanada oshirish hisoblanadi.