Matbuot markazi

O'zbekiston yigirmadan ziyod davlatga kimyo sanoati mahsulotlarini eksport qilmoqda

// 14 March 2017 yil

Milliy matbuot markazida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarining 2016 yildagi faoliyati yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Mamlakatimiz yetakchi iqtisodiy tarmoqlaridan biri sanalgan kimyo sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotiga va uning eksport salohiyatini rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shmoqda. Aksiyadorlikdorlik jamiyatining ishlab chiqarish quvvati O'zbekistonning kimyo mahsulotlariga bo'lgan ichki talabini to'la ta'minlash hamda doimiy asosda ularni eksport qilish imkonini berayotir.


Iqtisodiyot va moliya bo'yicha boshqaruv raisi o'rinbosari lavozimiga konkurs tanlov e'lon qilinadi

// 22 February 2017 yil

«O'zkimyosanoat» AJ iqtisodiyot va moliya bo'yicha boshqaruv raisi o'rinbosari lavozimiga konkurs tanlov e'lon qiladi.


2016 yilning yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 24 January 2017 yil

2016 yilda “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 100,6%) ishlab chiqarildi. Sof holda 1,2 mln. tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 944,2 ming tonna azotli o'g'itlar, 143,0 ming tonna fosforli o'g'itlar va 138,0 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.


Kimyo sanoati rivojlanishi tarixi

// 30 December 2016 yil


2016 yilning yanvar-sentabr yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 23 December 2016 yil

2016 yilning 9 oyida «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarda 1,9 miliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi, mahsulot ishlab chiqarish 106,5 foizga o'sdi. Joriy yilning 9 oyida «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarda 994,05 ming tonna mineral o'g'itlar ishlab chiqarildi.